1-sinf o'quvchilari fevralda qo'shimcha ta'tilga chiqishadi - Dono.uz

1-sinf o’quvchilari fevralda qo’shimcha ta’tilga chiqishadi

1-sinf o’quvchilarining fevralda qo’shimcha ta’tilga chiqishi maktablar ma’muriyati tomonidan belgilanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablariga ko’ra, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida 1-sinf o’quvchilariga qo’shimcha ta’til berilishi lozim.

Xususan, 1-sinf o’quvchilari fevral oyi davomida qo’shimcha bir haftalik ta’tilga chiqishlari ko’zda tutilgan. Ta’til fevral oyining aynan qaysi kunlariga to’g’ri kelishi har bir maktab ma’muriyati tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi.

Free WordPress Themes