“Kamalak” yulduzlari bolalar ijodiyoti festivalining viloyat bosqichi o‘tkazildi - Dono.uz

“Kamalak” yulduzlari bolalar ijodiyoti festivalining viloyat bosqichi o‘tkazildi

Namanganda O‘zbekiston Respublikasi “Kamalak” bolalar tashkilotining an’anaviy “Kamalak” yulduzlari” bolalar ijodiyoti festivali viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Iqtidorli bolalarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dod va mahoratlarini namoyon qilishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berish, yosh avlodning ma’naviy olamini boyitish, ilm-fan va san’at sirlarini egallash yo‘lida ruhlantirish va intilishlarini rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilayotgan festivalning viloyat bosqichida 256 o‘g‘il-qiz ishtirok etdi.

Yosh iqtidor egalari mumtoz, vokal, xalq cholg‘ulari, raqs, tasviriy va amaliy san’at, nasr va nazm yo‘nalishlarida qobiliyatini yana bir sinovdan o‘tkazdi. Ularning chiqishlarida, taqdim etgan ijodiy ishlarida jozibadorlik, betakrorlik, olamni ranglar uyg‘unligida ifodalash, ozod va obod yurt vasfi, Vatanni sevib-ardoqlash, unga bo‘lgan mehr-muhabbat tarannumi o‘z ifodasini topdi.

 

Free WordPress Themes