Muhammadqodirdan uchta oltin - Dono.uz

Muhammadqodirdan uchta oltin

Poytaxtimizda ogʻir atletika boʻyicha davom etayotgan VI Xalqaro birdamlik oʻyinlarining erkaklar oʻrtasidagi 81 kilogrammgacha vazn toifasida Muhammadqodir Toshtemirov uchta oltin medalga sazovor boʻldi.

Mazkur vazn toifasida mamlakatimiz sharafini Hakimjon Shamsiddinov va Muhammadqodir Toshtemirov kabi isteʼdodli polvonlarimiz himoya qildi.

M.Toshtemirov dast koʻtarishda 160 kilogramm, siltab koʻtarishda 181 kilogramm, ikkikurash hisobiga koʻra 341 kilogramm natija bilan oltin medallarni terma jamoamizga taqdim etdi.

Free WordPress Themes