Sirdaryo viloyati maktablarida “HASHAR WEEK 2020 — Z AVLOD” loyihasiga start berildi - Dono.uz

Sirdaryo viloyati maktablarida “HASHAR WEEK 2020 — Z AVLOD” loyihasiga start berildi

Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida umumta’lim maktablarda “Hashar week 2020 — Z Avlod” loyihasi o‘tkazilmoqda. Mazkur loyihada mamlakatimizning barcha hududlaridan 100 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari ishtirok etishi belgilangan.

Sirdaryo viloyati Guliston shahrining 2-, 15-, 16-, 17-maktablarida o‘quvchilarning ekologik savodxonligini oshirish, ularni ekologiya bilan bog‘liq muammolarni anglab yetishiga ko‘maklashish, bu boradagi fikrlari bilan o‘rtoqlashishga imkoniyat yaratish hamda ekologik masalalarni hal etishda bevosita ishtirok etishlari uchun yangi platforma yaratish maqsadida “Hashar week 2020 — Z Avlod” loyihasi bo‘yicha tadbirlar o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur loyiha ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda (10-fevraldan 10-martga qadar) volonterlardan iborat 3 ta guruh mamlakatimizning 14 ta shahrida (Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Nukus, Qarshi, Urganch, Namangan, Navoiy, Samarqand, Termiz, Guliston, Toshkent, Xiva) qog‘oz va plastik chiqindilar hamda ularni saralash mavzusiga oid maxsus mashg‘ulotlarni o‘tkazadi. Shu bilan birga 100 ta maktabda qog‘oz va plastik chiqindilarini saralab yig‘ish tizimi joriy etiladi. 2-bosqichda to‘plangan qog‘oz va plastik chiqindilarning hajmini umumlashtirib, ularni maktab uchun kerakli bo‘lgan mahsulotlarga almashadi.

Mashg‘ulotlar natijasida bolalar Hashar week loyihasi tomonidan maxsus dizayn asosida ishlab chiqilgan maxsus idishlarga chiqindilarning qog‘oz va plastik turlarini saralab solish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.

Free WordPress Themes