“Kelajakda men shifokor bo‘laman” - Dono.uz

“Kelajakda men shifokor bo‘laman”

Xalq ta’limi vazirligining “Xalq ta’limi tizimida o‘quvchi yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini yanada oshirish bo‘yicha 5 ta tashabbus implimentatsiya strategiyasini joriy etish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga ko‘ra “Kelajakda men shifokor bo‘laman” loyihasi doirasida tadbirlar o‘tkazildi.

Jumladan, Farg‘ona viloyati, Furqat tumanidagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirda bitiruvchi sinf o‘quvchilari, sinf rahbarlari, yoshlar yetakchisi, maktab psixologi ishtirok etdi.

Mazkur loyihadan asosiy maqsad o‘quvchilarni kasbga bo‘lgan hurmatini oshirishdan iborat. Loyiha doirasida o‘quvchilar uchun shifokor va hamshira tomonidan suhbatlar tashkil etildi.

Shuningdek, bu kabi tadbirlar Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida hamda Buxoro viloyati, Olot tumanidagi 1-maktabda ham o‘tkazildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus bo‘yicha tashkil etilgan mazkur tadbirlar o‘quvchilar bilimini oshirib, vaqtini mazmunli o‘tishiga xizmat qo‘shmoqda. “Kelajakda men shifokor bo‘laman” loyihasi bo‘yicha bitiruvchi sinf o‘quvchilarining kasblarga oid bilimi oshirildi. Tadbirlar davomida o‘quvchilar shifokorlik kasbi, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ham qiziqarli va foydali ma’lumotga ega bo‘ldi.

Free WordPress Themes