5 yoshli Muhammadyusuf Butunrossiya olimpiyadasida mutloq g`olib - Dono.uz

5 yoshli Muhammadyusuf Butunrossiya olimpiyadasida mutloq g`olib

Joriy yilning fevral oyida Rossiya poytaxti Moskva shahrida oʻtkazilgan mental arifmetika boʻyicha V Butunrossiya musobaqasida Rossiya va MDH davlatlaridan kelgan 520 dan ortiq 5-14 yoshdagi bolalar hisoblash qobiliyati boʻyicha oʻzaro bellashdi.

Musobaqada vatanimiz yosh oʻgʻloni 6 yoshli Muhammadyusuf Anvarov munosib ishtiroki bilan 2-oʻringa munosib koʻrilib, kubok bilan taqdirlandi.

Rossiyaning “UCMAS” – Bolalar mental arifmetikasi markazi tomonidan tashkil etilgan musobaqa shartiga koʻra, ishtirokchilar 8 daqiqa oraligʻida 200 ta arifmetik topshiriqni bajarish vazifasi berilgan edi. Muhammadyusuf bu vaqt oraligʻida 120 ta arifmetik amallarni bajarib, munosib faxrli oʻringa munosib koʻrildi.

“Muhammadyusuf 6 yoshda, hali maktabga bormagan. U matematika bilan 4 yoshidan buyon shugʻullanadi. 2018, 2019-yillarda ham ushbu musobaqada ishtirok etib, oltin medal bilan taqdirlangan edi, deydi Muhammadyusufning onasi Nozima Anvarova.

Free WordPress Themes