“O‘qituvchilar o‘z farzandlari ham o‘qituvchi bo‘lishini istamasligi achinarli edi“ - Dono.uz

“O‘qituvchilar o‘z farzandlari ham o‘qituvchi bo‘lishini istamasligi achinarli edi“

“Islohotlarga qadar so‘rovnomalarda o‘qituvchi kasbini tanlovchilar juda ozchilikni tashkil etgan”
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Murojaatnomasi: Harakatlar Strategiyasining 3 yillik samarasi va 2020 yilga belgilangan ustuvor vazifalar“ mavzusidagi xalqaro forum davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov o‘z nutqida o‘qituvchi maqomini oshirish va ta’lim sifatini ko‘tarish borasida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
“O‘qituvchilarning o‘rtacha oylik ish haqi 1,5 barobarga oshdi, o‘qituvchilar kasbga taalluqli bo‘lmagan ishlardan ozod qilindi. O‘qituvchilarning hisobotlari 7 tadan 3 taga kamaytirildi. “O‘zavtosanoat“ kompaniyasi tomonidan 4 ming 306 nafar o‘qituvchilar uchun avtokredit berildi. Oliy ma’lumotli o‘qituvchilar ulushi 88 foizga yetdi. 5 ming 57 nafar bitiruvchilar oltin va kumush medallar bilan taqdirlandi. 4 ming 788 nafar maktab direktorlari menejerlik kurslarida o‘qitildi“, dedi Sherzod Shermatov.
Free WordPress Themes