Tasodifan yaratilgan muhim ixtirolar - Dono.uz

Tasodifan yaratilgan muhim ixtirolar

Ma’lum bo‘lishicha, ba’zi ixtirolar tasodiflar oqibatida yaratilgan. Maqolamiz orqali shunday ixtirolar to‘g‘risida bilib olasiz.

Gugurt

Gugurt

XIX asr boshlarida britaniyalik farmatsevt J. Uoker dori tayyorlashda kimyoviy moddalarni yog‘och cho‘plar yordamida aralashtiradi. Bir kuni u cho‘plardan biriga yopishib qotib qolgan moddani qirib tashlamoqchi bo‘lganda, u yonadi. Atrofidagilar maslahatiga qaramasdan, insoniyatga foyda keltirish oson bo‘lishi uchun Uoker bu kashfiyotini patentlamaydi.

Mikroto‘lqinli pech

Mikroto‘lqinli pech – ikkinchi jahon urushi davrida o‘tkazilgan harbiy tajribalar natijasida topilgan ikkinchi darajali ixtiro. Kunlarning birida amerikalik olim P. Spenser radiolokator yonida cho‘ntagidagi konfet eriganini bilib qoladi. U hamkasblari bilan birgalikda to‘lqinlarni boshqa yeguliklarda ham sinab ko‘radi va shu tariqa mikroto‘lqinli pech paydo bo‘ladi.

Nonushta uchun yanchilgan yormalar

Amerikalik doktor J. Kellog va uning ukasi U. Kit tibbiyotning sog‘lom yashash tarzi sohasida ish olib boradi. Aka-ukalar Michigan shtatidagi sog‘lomlashtirish maskanida bug‘doydan ovqat o‘rnini bosuvchi ichimlik tayyorlashda ivitilgan bo‘g‘doyning qurib qolganini tasodifan ko‘rib qoliadi va ularni yanchib yorma tayyorlay boshlaydi.

Og‘izni chayqovchi suyuqlik

Og‘iz bo‘shlig‘ini chayqaydigan suyuqlik amerikalik vrachlar tomonidan jarrohlikda zararsizlantiruvchi vosita sifatida o‘ylab topilgan. Marketologlar M. Fizli va G. Sigrouvu sharofati bilan listerin (zarasizlantiruvchi vosita) yangi vazifaga ega bo‘ldi. Ular og‘izdan noxush hid kelishi oqibatlarining salbiy ta’sirini ommaning ongiga, og‘izni chayqash vositasini esa bozorga singdirishga muvaffaq bo‘ldi.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes