Qibraylik o‘qituvchi xalqaro tanlovda g‘olib bo‘ldi

Qibray tumanidagi 48-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Uldan Xujamiyarova “Global Teacher Prize” xalqaro tanlovida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi «Varkey Foundation» xalqaro tashkiloti bilan mamlakatimizda ilk bor hamkorlikda tashkil etilgan “Ustoz – 2020” milliy mukofoti tanlovida «Boshlang‘ich ta’lim fidokor ustozi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Unga 30 million so‘m mukofot berildi.

Shuningdek, Uldan Xujamiyarova Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan “Global Teacher Prize 2021” xalqaro forumiga ham bir haftalik yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro forumda ishtirokchilar 1 million AQSh dollari uchun tanlovda ishtirok etishadi.

Ulashing | Поделись этим: