It va ayiq doʻstlashdi

Dunyo yovvoyi va uy hayvonlarining doʻstlashishiga koʻp guvoh boʻlgan. Ana shunday voqealardan biriga sibirliklar guvoh boʻldilar.

Sibirda 4 yoshli it va 10 oylik ayiq bolasi doʻst tutindi. Endigina tugʻilgan paytida mahalliy aholi tomonidan topib olingan nimjon va himoyasiz ayiqchaga “Andreyka” deb nom berildi. “Andreyka”ni topib olganlar uni mehr bilan parvarishladi. Ayiq bilan doʻstlashgan itning nomi “Rommi”. Kichkina “Andreyka” oʻzini-oʻzi himoya qila olgunga qadar yana yovvoyi tabiat qoʻyniga qoʻyib yuboriladi.

Ulashing | Поделись этим: