“Nafosat-2020” festivalida: Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor Marg‘ilon shahridagi “Hunarmandlar markazi”da o‘zbek milliy kiyinish madaniyati targ‘ibotini tashkil etishga qaratilgan “Nafosat” festivali o‘tkazilmoqda.

Mazkur “Nafosat” festivali bejirim va nafis milliy liboslarni keng targ‘ib etish, o‘zligimiz va qadriyatlarimizga mos kiyimlarning betakror dizaynini qayta tiklash hamda zamonaviylikni uyg‘unlashtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Tadbirning ikkinchi kunida yoshlar o‘rtasida milliy va zamonaviy andozalarni chizish bo‘yicha “Yosh dizayner” tanlovi, “Zamonaviy o‘zbek modasi, an’analar va yangi dizaynlar” mavzuidagi modalar namoyishi o‘tkazildi.

Festival doirasida viloyatimizning taniqli san’atkorlari va so‘z ustalari tomonidan konsert dasturi ham namoyish etildi.

Shundan so‘ng “Nafosat-2020” ko‘rik-tanlovining Farg‘ona viloyati bosqichi g‘oliblari saralab olinib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kunning ikkinchi yarmida xorijlik va o‘zbekistonlik dizaynerlar, yoshlar hamda mutaxassislar ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda jurnalist va blogerlar tashkilotchilardan festivalni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar hamda uning mazmun-mohiyati xususida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Ulashing | Поделись этим: