Bola tarbiyasidagi oltin qoidalar

Xonadonning quvonchi sanalmish farzand dunyoga keldi. Uning eng baxtli bolakay bo’lishini istaysiz. Siz unga bolalik chog’ida bergan mehringiz kelajagida poydevor bo’lib hizmat qiladi. Bu borada esa sizga quyidagi oltin maslaxatlarimiz ko’mak berishi mumkin.

Unga tez-tez, hech bo’lmaganda ko’zlar orqali quyidagi so’zlarni ta’kidlang:

  • Seni yaxshi ko’raman.
  • Nima bo’lgan taqdirda ham seni yaxshi ko’rishdan charchamayman.
  • Menga jaxl qilganingda ham yaxshi ko’raveraman.
  • Seni urishib, baqirganimning sababi ham senga bo’lgan muhabbatimdir.
  • Mendan uzoqda ekaningda qalbim sen bilan birga bo’ladi.
  • Agar dunyodagi jamiki bolalar ichida kimnidir tanlash kerak bo’lsa, hech ikkilanmay qaytadan seni tanlardim.
  • Muhabbatim osmon qadar cheksiz.
  • Senga tashakkur.
  • Sen bilan o’ynash menga juda yoqadi.
  • Sen bilan bog’liq har bir hotira qalbimda bir umrga muhrlanib qoladi.

Bolangizga quyidagilarni so’zlab bering:

  • Uning dunyoga kelishi haqidagi hikoyalarni.
  • Go’daklik paytida so’zsiz muhabbat izhor etganingizni;
  • Unga qanday qilib ism tanlaganingizni;
  • Uning yoshida qanday bo’lganingizni;
  • Buvi va bobosi qanday tanishganliklarini;
  • Sevganranglaringizni;
  • Ba’zida siz ham qiynalishingizni;
  • Uning qo’lidan ushlab yengil siqib qo’yganingiz uni sevishingizni anglatishini;
  • Rejalaringizni;
  • Xayotingizni;

Uni tinglang:

  • Mashinada bola bilan ketayotganingizda;
  • O’yinchoqlari haqida so’zlab berganda;
  • Yordam so’raganida;
  • Sabr kosangiz to’lib ketganda ham;
  • Uning so’zlari ortida sizga bo’lgan muhabbati berkinadi.

Bolaga quyidagi savollarni bering:

  • Nega bunday bo’ldi deb o’ylaysan;
  • Shunday qilsak nima bo’lishi mumkin;
  • Buni boshqalarga qanday tushuntiramiz;
  • Nimalar haqida hayol suryapsan;
  • Bugun esda qolarli voqea sodir bo’ldimi;
  • Ovqat senga yoqdimi;

Ko’rsatib bering:

  • Biror ishni taqiqlamasdan uni qanday qilib bajarishni;
  • O’yinchoqlarnio’ynab bo’lgach yig’ib qo’yishni;
  • Mevalar tozalashni;
  • Uyg’ongach o’rnini yig’ib qo’yishni;
  • Bilmaganbsavoliga qanday qilib javob izlashni;
  • Otasi (yoki bo’lmasa onasi)ga bo’lgan hurmatni;
  • Gigiena qoidalarini;
  • Kiyimlarni mustaqil ravishda taxlashni;

Band bo’lsangizda quyidagilar uchun vaqt ajrating:

  • Bolalar maydonchasida o’ynayotgan vaqtida undan xabar oling.
  • Birgalikda qushlarni tomosha qiling.
  • Taom tayyorlash jarayonida unga ham o’rgating.
  • Piyoda sayr qiling.
  • Uy vazifalarini birgalikda bjaring.
  • Birga o’ynang.

Shuningdek:

  • Kutilmagan sovg’alar berib turing.
  • Blinchiklari ichiga shokolad bo’lagini solib qo’ying.
  • Ovqati ustiga tabassum shaklidagi meva yoki bo’lmasa sabzavot joylashtirib qo’ying.
  • Uylarni tozalashda yordam so’rang.
  • U honaga kirib kelganida tabassum bilan qarshi oling.

Ulashing | Поделись этим: