Vaqtincha to‘xtatilgan ayrim darslar yana davom ettiriladi – Xalq ta’limi vazirligi

Ma’lumki, pandemiya sabab joriy o‘quv yilining I va II choraklarida jismoniy tarbiya, musiqa madaniyati, texnologiya, tasviriy san’at, chizmachilik, ChQTB hamda tarbiya fanlarini vaqtinchalik o‘tmaslik tavsiya etilgan edi.

Xalq ta’limi vazirligi «epidemiologik vaziyat barqarorlashganligi, bugungi kunga kelib deyarli barcha maktablar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, 5,6 mln. nafar (90 foiz) o‘quvchilar an’anaviy shaklda ta’lim olayotganligini hamda ko‘pchilik ota-onalar va pedagoglarning takliflarini inobatga olib», maktablarda ushbu fanlar III chorakdan yana davom etishini ma’lum qildi.

O‘quv yilining birinchi yarim yilligidagi mavzular vazirlikning tavsiyalariga muvofiq, tig‘izlashtirilgan holda (mavzularni qo‘shgan holda) o‘tiladi.

Ulashing | Поделись этим: