Farg‘onada «Yashil Vatanim» aksiyasiga start berildi

Respublikada ekologiyani yaxshilash, daraxtlar sonini ko‘paytirish natijasida atmosfera havosini tozalash va ekologik muammolarni bartaraf qilish maqsadida qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Shunday loyihalardan biri «Meros» jamoat fondi tomonidan ishlab chiqilgan «Yashil Vatanim» loyihasidir.

Tadbirga 4 mart kuni start berilgan bo‘lib, bugun Farg‘ona va Qo‘qon shaharlari va boshqa viloyatning bir qancha tumanlarida daraxt ekish aksiyalari o‘tkazildi.

Xususan bugun, 2020 yil 15 mart kuni Farg‘on shahrida Farg‘ona viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi hamda viloyat «Toza hudud» DUK hamkorligida «Yashil vatanim» aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya davomida Farg‘ona shahri, Aeroport xududidagi Parvoz kafesi atrofiga, mahalla, maktab, ko‘p qavatli uylarning hovlisi va boshqa tashkilotlarning yon-atrofiga 2500 ta manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ulashing | Поделись этим: