Eldor Shomurodov “Jenoa” – “Latsio” uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi

Eldor Shomurodov A seriyaning 15-turidan oʻrin olgan “Jenoa” – “Latsio” uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Oʻzbekistonlik hujumchi ikkinchi taymdan maydonga tushdi va 58-daqiqada golli uzatmani amalga oshirdi.

La Gazzetta dello Sport hujumchiga uchrashuvdagi barcha futbolchilar orasida eng yuqori ballni berdi – 7.0.

Ulashing | Поделись этим: