Toshkentda shaxmat bo‘yicha “Nilufar” musobaqasi o‘tkazildi

Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlab, Toshkentda 8-mart, yakshanba kuni, shaxmat bo‘yicha ayollar o‘rtasida “Nilufar” musobaqasi o‘tkazildi. Bu haqda tadbir tashkilotchilari “Daryo”ga xabar berdi.
Sky Chess shaxmat maktabi tomonidan tashkil etilgan havaskor va professional shaxmatchi xotin-qizlar o‘rtasidagi ushbu musobaqa hisob bo‘yicha uchinchisi bo‘ldi. Musobaqa 9 tur davom etdi.
G‘olib va sovrindorlarga 500 000, 300 000, 200 000 so‘mlik savdo sertifikatlari hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
G‘oliblar esa quyidagicha ko‘rinish oldi:
Professionallar o‘rtasida:
1. Doniyorova Rayhon — 9,0;
2. Xegay Yuliya — 6,5;
3. Abdukarimova Hilola — 6,0;
4. Qilicheva Sarvinoz — 6,0;
5. Ibragimova Iroda — 5,5.
Havaskorlar o‘rtasida:
1. Azizova Nozila — 6,0;
2. Umurzakova Shafina — 5,5;
3. Samatova Yasmina — 5,0;
4. Umurzakova Muiza — 5,0;
5. Alimova Dildora — 4,5.