Prezident maktabi oʻquvchilari Amerika xalqaro matematika olimpiadasida (AMO) 9 ta medalni qoʻlga kiritdi

Namangan shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Amerika xalqaro matematika olimpiadasida (AMO) 9 ta medalni qoʻlga kiritdi.

Olimpiada AQSHning boshlangʻich va oʻrta maktab oʻquvchilari uchun tashkillashtirilgan boʻlib, unda 50 ta shtat bilan bir qatorda 30 ta boshqa davlat vakillari ham ishtirok etadi.

AMO olimpiadasida oltin va kumush medal olgan qatnashchilar IJMO xalqaro olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Ushbu olimpiadada sovrindorlari esa xalqaro matematiklar jamiyatiga aʼzolikka qabul qilinish bilan bir qatorda medal, pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

Bu yil ushbu olimpiada Singapurda onlayn tarzda oʻtkazildi. Unda Oʻzbekistondan jami 250 nafar oʻquvchi ishtirok etdi.

Ular orasida Namangan shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilar ham bor. Maktabning olimpiadada qatnashgan 10 nafar oʻquvchisidan 9 nafari medallar sohibiga aylandi. Medallarning 4 tasi oltin, 2 tasi kumush va 3 tasi bronza.

Ulashing | Поделись этим: