Prezident maktablari qachondan barcha hududlarda faoliyat boshlashi ma’lum qilindi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Anvar Umarov ma’lum qilishicha, hozirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Namangan va Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida Prezident maktablari faoliyat yuritmoqda.

2021-2022 o‘quv yilidan boshqa barcha hududlarda Prezident maktablari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

2020-yilda Buxoro, Jizzax, Qarshi, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida Prezident maktablari qurilish ishlari olib borildi.

2021-yilda Andijon, Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida Prezident maktablari qurilishi rejalashtirilgan.

Ulashing | Поделись этим: