Toshkent hayvonot bog‘ida ilk bor qora oqqush bolaladi - Dono.uz

Toshkent hayvonot bog‘ida ilk bor qora oqqush bolaladi

Toshkent hayvonot bog‘ida ilk bor qora oqqush bolaladi. Bu haqda hayvonot bog‘ining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Yangi yil yoqimli syurprizlar bilan boshlandi. Toshkent hayvonot bog‘ining qishki qushxonasida bir necha kun mobaynida birin-ketin besh momiqcha dunyoga keldi. Bu qora oqqushlardan nasl olish bilan bog‘liq birinchi muvaffaqiyatli tajriba. O‘tgan yili ham ular tuxum qo‘ygan, biroq polaponlar chiqmagandi.

Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati

Ma’muriyat xabariga ko‘ra, korella va to‘tiqush ham polaponli bo‘ldi, lama bola ko‘rdi, suvda suzuvchi qushlarning ayrim turlari esa uya qurishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Javob berish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi.

Free WordPress Themes