Lablar yorilganda…

Pastki lab o‘rtasidagi chuqur yoriq go‘yo arzimas holatdek tuyulsa-da, ko‘pgina noqulayliklarni tug‘diradi. Ayniqsa, uzoq vaqt bitmay, bitsa ham, qaytadan yorilishi kishini ancha qiynab qo‘yadi.

Siz gapirishga, kulishga, hatto, ovqatlanishga qiynalasiz. Bunga turli jarohatlar, vitaminlarning yetishmasligi, ob-havoning ta’siri sabab bo‘lishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Avvalambor, yoriqlarning sababini aniqlash lozim.

Buning uchun shifokor bilan maslahatlashish kerak bo‘ladi. So‘ng sabr bilan davolanishni oxiriga yetkazish zarur. Bu holat takrorlanmasligi uchun lablarni yalash, qalam uchini tishlash, tirnoqlarni «kemirish» kabi bolalarga xos odatlardan xalos bo‘ling.

Shuningdek, achchiq va sho‘r, qaynoq taomlarni iste’mol qilmang.

Ahror RAJABOV, vrach-stomatolog

Ulashing | Поделись этим: