Kutib oling, «Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida katta sport festivali boshlanmoqda

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qoʻmitasi taqdim etadi:

10-yanvardan boshlab respublikamizning barcha hududlarida «Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostida katta sport festivali oʻtkaziladi.

Festival mini-futbol, basketbol, voleybol, badminton, stol tennisi hamda shaxmat-shashka sport turlari boʻyicha 3 bosqichda, yaʼni mahalla-tuman-hudud miqyosida boʻlib oʻtadi.

Yil yakunida esa Respublika boʻyicha Grand Final musobaqalari poytaxtimizdagi yirik sport arenalarida tashkil etiladi.

Sport festivalida ishtirok et, kelajaging uchun katta burilish yasa hamda sovgʻalarga ega boʻl!

«Sportni sev, sport bilan yasha!” festivali — bu sogʻlom hayot sari katta qadam! Safimizga qoʻshil!

Murojaat uchun telefonlar:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi +998 99 623-94-56, +998 91 377-07-28

Andijon viloyati +998 91 495-33-45

Buxoro viloyati +998 98 274-00-51

Jizzax viloyati +998 91 569-77-55

Qashqadaryo viloyati +998 99 779-80-05, +998 90 168-08-09

Navoiy viloyati +998 93 951-99-77

Namangan viloyati +998 91 360-77-23

Samarqand viloyati +998 97 3942784

Sirdaryo viloyati +998 91 508-00-87, +998 99 440-87-02

Surxondaryo viloyati +998 99 7478330

Toshkent viloyati +998 93 603-11-11

Fargʻona viloyati +998 91 665-45-45

Xorazm viloyati +998 99 965-66-12, +998 93 465-97-97

Toshkent shahar +998 97 736-90-30

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Ulashing | Поделись этим: