Yurtimizda 150 ta ixtisoslashtirilgan shaxmat maktabi tashkil etiladi

Bu haqda AOKAdagi brifingda Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi:

«Joriy yilda sport musobaqalari sonini oshirish maqsadida davlat byudjetidan 100 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi. Hozirda sport bilan doimiy shug‘ullanish ko‘rsatkichi 19% bo‘lib, 2021 yil yakunigacha bu ko‘rsatkich 25%ga yetkaziladi.

Turli yoshdagi yoshlarni qamrab oladigan futbol bo‘yicha «Charm to‘p» Bosh vazir kubogi o‘tkaziladi. Kelgusi yilda 916 km «Salomatlik yo‘laklari» barpo etiladi.

Mahallalarda 500 ga yaqin stritbol maydoni, 355 ta badmentol maydoni, qo‘shimcha ravishda 420 ta mini futbol maydoni, 350 ta ko‘chada vorkaut maydonchasi quriladi.

70 ta jismoniy tarbiya va sport muassasasi, 16 mingga yaqin bog‘cha va 10 000 ta maktab jami 120 mlrd so‘mlik birlamchi sport jihozlari bilan ta’minlanadi».

Ulashing | Поделись этим: