11 yanvardan barcha maktablar an’anaviy ta’limga qaytadi

Xalq ta’limi vazirligi mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashgani, ikkinchi chorak yakunigacha 90 foizdan ortiq o‘quvchilar an’anaviy ta’limga qaytganini inobatga olib, 11 yanvar, ya’ni III chorakdan barcha maktablarda o‘quv jarayonlari to‘liq an’anaviy shaklga o‘tkazilishini ma’lum qildi.

«Shu bois, ota-onalardan farzandlarining kelajagi uchun o‘z vaqtida bilim olishlariga sharoit yaratishlari va maktabga yuborishlarini so‘rab qolamiz», — deyiladi vazirlik xabarida.

Vazirlik Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga barcha maktablarda qishki mavsumda issiqlik tizimini barqaror ishlashi, o‘quvchilarning sog‘ligini himoyalash bilan bog‘liq tashkiliy choralarni ko‘rishi, sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlashlari talab etilishini eslatib o‘tdi.

Ulashing | Поделись этим: