«Shaxmat federatsiyasi to‘sqinlik qilishda davom etsa, federatsiyamni o‘zgartiraman» — Javohir Sindorov

12 yoshida shaxmat tarixida ikkinchi eng yosh xalqaro grossmeysterga aylangan Javohir Sindorov «Daryo» nashriga bergan intervyusida shaxmatchilar federatsiya tomonidan qo‘llab-quvvatlanmasligini ta’kidladi.

Yosh shaxmatchi shaxmat bo‘yicha jahon olimpiadasidagi g‘alabadan keyin qatnashchilarga prezident sovg‘asi sifatida avtomobillar topshirilganligini, lekin u va jamoadoshi Sitora Saparova hatto taqdirlash marosimiga chaqirilmaganini ma’lum qildi. Bundan tashqari, shaxmat federatsiyasi shaxmatchilarga Sindorov tashkil etgan musobaqada qatnashishni taqiqlaganini aytdi.

Uning aytishicha, e’tiborsizlik tufayli ko‘plab shaxmatchilar boshqa davlat bayrog‘i ostida musobaqada qatnashishga majbur bo‘lgan. «Agar shu ketishda davom etsa men ham shaxmat federatsiyamni o‘zgartiraman», deydi yosh shaxmatchi.

Ulashing | Поделись этим: