O‘zbekistonda nechta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritadi?

MTV axborot xizmati xabar berishicha, bugungi kunda respublikada 18 254 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat olib bormoqda.

Jumladan,

🔹 Davlat MTT – 6 197 ta;
🔸Oilaviy shakldagi MTT – 10 244 ta;
🔹 Davlat-xususiy sherikchiligi asosidagi MTT – 788 ta;
🔸 Xususiy shakldagi MTT – 1 025 ta;

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish joizki, bugungi kunda respublika miqiyosida 18 254 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jami 1 699 566 nafar yoki 60,9% maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar tarbiyalanmoqda.

Ulashing | Поделись этим: