Informatika va AKT chuqurlashtirib o‘tiladigan maktabga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab va bir qator xorijiy universitetlar filiallari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalarga o‘qitish markazlari bosqichma-bosqich tashkil etilmoqda.

Prezidentning 2020-yil 6-oktyabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 4851 – sonli qarori asosida Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi 3-son umumta’lim maktabi “Informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab”ga aylantirildi. 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab chuqurlashtirilgan sinflarga 60 nafar qabul kvotasi ajratildi.

Joriy yilning 12-yanvarida “Informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab”ga ilk o‘quvchilarini qabul qilish maqsadida 5-sinf o‘quvchilari o‘rtasida test topshirish jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Test jarayonlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining mas’ul hodimlari tomonidan amalga oshirildi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mas’ul professor o‘qituvchilari tomonidan test jarayonlarini o‘tishini kuzatib bordilar.

Ulashing | Поделись этим: