Ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul uchun test sinovlari bo‘lib o‘tdi

Test sinovlari 9-yanvar kuni Sirdaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarida 7-sinfga qabul uchun, 12-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Namangan, Buxoro, Navoiy, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Samarqand va Toshkent viloyatlarida 5-sinfga qabul uchun bo‘lib o‘tdi.

Bunda o‘quvchilar matematika (20 ta) hamda ona tili va adabiyot (10 ta) fanlaridan test sinovlarini topshirdi.

Test sinovlarida jami ishtirok etishi belgilangan 1 692 nafar talabgordan 1 491 nafari ishtirok etdi.

Ishtirokchilarning test materiallari tekshirilgandan so‘ng, natijalar Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etiladi.

Ulashing | Поделись этим: