Namanganda axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etiladi

2020—2021 oʻquv yilida Namangan shahridagi 86-umumtaʼlim maktabi informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib oʻtishga ixtisoslashtirilgan maktabga aylanishi koʻzda tutilmoqda.

Bu borada Namangan davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi bilan aloqa oʻrnatilib, malakali kadrlar bilan taʼminlash borasida samarali ishlar olib boriladi.

Mazkur taʼlim maskanida viloyatning barcha hududlaridan jami 76 nafar 5-sinf oʻquvchilaridan iborat oʻgʻil-qizlar Davlat test markazi tomonidan sinovdan oʻtkazildi. Sinov natijalariga koʻra 30 nafar saralab olingan oʻquvchilar ixtisoslashtirilgan maktabning maxsus sinfida tahsil oladi.

Ushbu sinfni kompyuter jihozlari bilan taʼminlash, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 590 mln soʻm ajratilgan.

Ulashing | Поделись этим: