Kirish imtihonida eng yuqori ball to’plagan 200 nafar talabaga Prezident granti beriladi

Bu 2021-yilgi Davlat dasturi loyihasida qayd etilgan.

Prezident granti sohibi boʻlgan talabaga oʻqishni bitirguniga qadar amaldagi Prezident stipendiyasi miqdoriga teng boʻlgan Prezident granti stipendiyasi toʻlanadi.

Oʻquv semestri yakuni boʻyicha barcha fanlardan oʻzlashtirish koʻrsatkichi “aʼlo” baho boʻlib, bitta fandan oʻzlashtirish koʻrsatkichi “aʼlo” boʻlmaganda, ushbu toifadagi talabalarga kelgusi semestrlar mobaynida Prezident granti stipendiyasi berilmaydi.

2021-yil 1-iyunga qadar Prezident grantini ajratish tartibi ishlab chiqiladi va OTMlarga kirish imtihonlarida ball toʻplagan shaxslar toʻgʻrisidagi ochiq maʼlumotlarni yigʻuvchi yagona elektron reyestr tuziladi.

Ulashing | Поделись этим: