“Temurbeklar maktabi”ning tantanali ochilish marosimida aerostatlar havoga ko‘tarildi

O‘zbekiston Aeronavtika federatsiyasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi qo‘llab-quvvatlashi ostida Shahrisabz shahrining tarixiy qismida havo sharlarini samoga ko‘tardi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonida buyuk davlat arbobi va sarkarda Sohibqiron Amir Temurning Vatanga sadoqat, el-yurtni ardoqlash, mardlik, fidoyilik va adolatparvarlik kabi yuksak fazilatlari yosh avlod uchun o‘rnak bo‘lib xizmat qilishini inobatga olgan holda, respublikamizning barcha harbiy akademik litseylariga “Temurbeklar maktabi” nomi berilishi keltirib o‘tilgan edi.

Kuni kecha Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yangi asos solingan “Temurbeklar maktabi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda tantanali harbiy yurish tashkil etilib, “Temuriylar maktabi” o‘quvchilari qasamyod qabul qildi.

Ulashing | Поделись этим: