Svetoforni kim yaratgan?

Yer yuzidagi birinchi svetofor Buyuk Britaniyada, Londondagi parlament binosi oldida o‘rnatilgan. Uning ixtirochisi angliyalik temiryo‘l xodimi Jon Pik Nayt hisoblanadi.

Ilk svetofor qo‘l bilan boshqarilgan va undagi belgilardan biri to‘xtashni, ikkinchisi ehtiyotkorlik bilan harakatlanishni bildirgan.

Elektr toki bilan ishlaydigan birinchi svetofor esa Lester Vayr ismli kashfiyotchi tomonidan AQShning Solt-Leyk Siti shahrida 1912 yilda o‘rnatilgan. U faqat qizil va yashil rangli chiroqlardan iborat edi. Svetoforga sariq chiroq 1920 yilda qo‘shilgan.

Uch rangli svetoforlar dastlab AQShning Nyu-York va Detroyt shaharlarida o‘rnatilgan.

Ulashing | Поделись этим: