Sirdaryodagi maktablarda Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi sinflari tashkil qilinadi

Sirdaryo viloyatida Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Ushbu Harbiy kengash yigʻilishida viloyat hokimligi, harbiy sektor rahbarlari, ularning oʻrinbosarlari, tashkilot va muassasalar boshliqlari, barcha kuch tizimi rahbarlari, harbiy qism komandirlari va ularning oʻrinbosarlari ishtirok etdilar.

Viloyat aholisini va yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish bilan bogʻliq ishlarni yana-da jadallashtirish, harbiy okruglar qoʻmondonliklariga maktablarni otaliqqa olish hamda harbiy qism komandirlari tomonidan ularda vatanparvarlik va harbiy shon-sharaf darslarini yoʻlga qoʻyish vazifalari qoʻrildi.

Tadbirda viloyatimizda yoshlarni harbiy vatanparvar ruhida tarbiyalashning yangi bosqichini yaratish, yoshlarni bandligini taʼminlash, viloyat hududida mavjud 313 ta umumtaʼlim maktablarida Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi sinflarini barpo qilish hamda Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligiga Sirdaryo viloyatidan ikkita umumtaʼlim maktabini otaliqqa olish masalalarining ijrosi yuzasidan qator chora-tadbirlar belgilandi.

Hozirgi axborot makonidagi qarama-qarshilik, odamlar, ayniqsa, yosh avlodning ongi va qalbi uchun kurash kuchaygan sharoitda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning oʻrni va ahamiyati tobora ortib borayotgani alohida qayd etildi. Aholini, avvalo, yoshlarni shunday ruhda tarbiyalash tizimini takomillashtirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb qilish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish boʻyicha qoʻshimcha topshiriqlar berildi.

Ichki ishlar boshqarmasi profilaktik hisobida turuvchi uyushmagan yoshlarni vatanparvar ruhida tarbiyalashga moʻljallangan amaliy harakatlar “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish hamda ular bilan ikki oyda 10 kunlik yigʻilishlar oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi. Yuqoridagi keltirilgan masalalar yuzasidan viloyat hokimi oʻrinbosari , Toshken harbiy okrug qoʻshinlar qoʻmondonining oʻrinbosari xalq taʼlimi, mudofaa ishlari, ichki ishlar hamda viloyat chegara boshqarmalari boshliqlarining maʼruzalari tinglanib, atroflicha muhokama qilindi. Yigʻilish yakunida kelgusi ishlarni tashkillashtirish boʻyicha vazifalar belgilandi.

Фото: Иллюстратив сурат

Ulashing | Поделись этим: