Davlat rahbari telefonlar yoshlar hayotining ajralmas qismiga aylanganiga e’tibor qaratdi

Prezident rahbarligida ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini yanada oshirish borasida yig‘ilish o‘tkazildi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi barcha hududiy kengashlarning, vazirlik, idora va tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini muvofiqlashtirib borishi belgilandi.

«Bugun bolalarimizni maktab, ota-ona yoki institut emas, aksariyat holda qo‘lidagi telefon tarbiyalamoqda. Mobil telefon endi oddiy aloqa vositasi emas, ko‘pincha yot mafkurani tarqatadigan qurolga aylanmoqda.

Ma’naviyatimizga mutlaqo begona bo‘lgan zararli g‘oyalar chegarani buzmasdan, bildirmasdan xonadonimizga, jamiyatimizga kirib kelyapti. Soat sari emas, minut sari kirib boryapti.

Bularning barchasi biz uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i bo‘lib yangrashi zarur», – ta’kidladi Mirziyoyev.

Ulashing | Поделись этим: