Mirzachoʻlda Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ochildi

Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumanida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi oʻz ish faoliyatini boshladi. Mazkur, Oʻquv markazi Jizzax viloyatida tashkil etilgan yettinchi oʻquv markazi hisoblanadi.

Oʻquv markazida yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari, dasturlash, robototexnika va kibersportni ommalashtirish ishlari olib boriladi.

Markaz zamonaviy kompyuter jihozlari bilan taʼminlangan va yuqori tezlikdagi ishlovchi internet tarmogʻiga ulangan. Bu yerda tuman yoshlari uchun kompyuterdan samarali foydalanish, dasturlash, veb dizayn, kompyuter grafikasi, kibersport oʻyinlari kabi ixtisoslashgan oʻquv kurslarni tashkil etish uchun moʻljallangan.

Shu bilan birgalikda oʻquv markazida tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari va xodimlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida malakasini oshirishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati.

Ulashing | Поделись этим: