Egarda mahkam Abdurahmon!

Ot sporti boʻyicha Trofeo Emiralia Horse Corporation xalqaro turnirda oʻn toʻrt yoshli samarqandlik Abdurahmon Abdullayev koʻpchilikni hayratga soldi.

Mazkur xalqaro turnir Yevropaning taniqli ot sporti markazi sanalgan Ispaniyaning Olive shahrida boʻlib oʻtgan.

Musobaqaning birinchi kunida 135 santimetr balandlikdagi toʻsiqlar osha yoʻnalishda Abdurahmon ikki otda — Tako Diyelt va Kuinterda ishtirok etdi. Otlar chavandozni uyaltirmadi. Abdullayev ot sporti bilimdonlarini hayratga solishga muvaffaq boʻldi. U ham kumush, ham bronza medallari sohibi boʻldi.

Yutuqlar tasodifan emasligini yurtdoshimiz yana-da murakkabroq distansiyalarda ham isbotladi. 140 santimetr balandlikdagi 15ta toʻsiqni hech qanday xatolarsiz oshib oʻtdi. Faqatgina Norvegiyalik Non Lindaga vaqt hisobiga boy berdi.

Abdurahmon Abdullayevga kumush medali topshirildi. Yosh chavandoz ot sportining elitalari qatoriga kirish uchun daʼvogarlik qila oladi.

Ulashing | Поделись этим: