Nukusdagi Prezident maktabi bitiruvchilari AQSH va Buyuk Britaniyadagi nufuzli OTMlarga oʻqishga qabul qilindi

Nukus shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Biybimaryam Joldasbayeva Buyuk Britaniyadagi Sterling universiteti grantini yutib oldi va universitetga oʻqishga qabul qilindi.

Shuningdek, ushbu maktabning yana bir 11-sinf oʻquvchisi Ziynet Jiyenbayeva AQSHning Arizona universitetiga oʻqishga qabul qilingan. Bu haqda Prezident maktabining telegramdagi rasmiy kanali xabar berdi.

Ulashing | Поделись этим: