Bir o‘qituvchi ikkita sinfga rahbar bo‘lishi mumkinmi?

– Yo‘q, mumkin emas. Umumta’lim muassasalarida o‘qituvchilarga bittadan ortiq sinfga rahbarlik qilishga va mehnatini soatbay asosda olib boruvchi o‘qituvchilarga sinfga rahbarlik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Bunda boshlang‘ich sinflarda sinf rahbarligi ona tili, o‘qish va matematika fanlaridan dars o‘tadigan o‘qituvchilarga yuklatiladi.

Ushbu asos «Umumta’lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomda keltirilgan.

Demak, bir o‘qituvchiga faqatgina bitta sinf rahbarligi topshiriladi.

Ushbu material TDYuUning “Yuridik klinika”si talabalari tomonidan o‘qituvchilar nazorati ostida tayyorlandi.

Ulashing | Поделись этим: