Xitoyda maktab o‘quvchilarining telefondan foydalanishi taqiqlandi

O‘quvchilarga ota-onasining yozma roziligisiz maktabga telefon bilan kelish va uni ishlatish taqiqlandi.

Xabarlarga ko‘ra, bu bilan bolalarning ko‘rish qobiliyati yomonlashmasligining oldi olinadi, bolalar darsga ko‘proq diqqat qiladi va internetga mukkasidan ketishmaydi.

Hozir Xitoyda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 74 foizida internetli telefon bor va bu yoshdagi bolalarning yaqinni ko‘rish qobiliyati susayishi statistikasi oshgan.

Ulashing | Поделись этим: