Yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimi

Milliy gvardiya qoʻmondoni R.Djurayev shahar va tuman hokimligi mutasaddi rahbarlari, shuningdek halq taʼlimi boshqarmasi vakillari bilan birgalikda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni taʼminlash maqsadida tashkillashtirilgan sport toʻgaraklari faoliyati bilan yaqindan tanishish davomida tumanning Aviasozlar mavzesida “Aralash jang sanʼati” (MMA) boʻyicha sport seksiyasining ochilish marosimida ishtirok etdilar.

Sportning “Kikboksing” turi boʻyicha ikki karra jahon chempioni, yurtdoshimiz Gagik Sayadyanning 100 dan ortiq yoshlarni oʻziga ergashtira olganligi va majmuada yoshlarning mashq qilishlari uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratilganligi Milliy gvardiya qoʻmondoni tomonidan yuqori baholanib, sport seksiya rahbari va sportga ishtiyoqi baland yoshlar turli qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Tadbir yakunida Milliy gvardiya qoʻmondoni va yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan ochiq muloqot mobaynida Milliy gvardiya tizimida xizmat qilish istagini bildirgan besh nafar yoshlarni nomzodlikka oʻrganish boʻyicha masʼul xodimlarga topshiriq berildi.

Ulashing | Поделись этим: