Nega revmatizmga ko‘p holatlarda 7-15 yoshli bolalar chalinadi?

❗️Revmatizm – yurak-qontomir sistemasining yalig‘lanishi bilan bog‘liq bo‘lgan infeksion-allergik kasallik bo‘lib, bu kasallik asosan xronik qaytalanib kechadigan kasallik hisoblanadi.

❗️Revmatizm biriktiruvchi to‘qimaning keng tarqalgan yalig‘lanishi bilan bog‘liq kasallik. Bunda asosan, yurak, bo‘g‘imlar va boshqa azolar yallig‘lanadi. Revmatizm kasalligiga asosan angina bilan og‘rigan bemorlar chalinadi.

❗️Sovqatish revmatizmning avj olishiga sabab bo‘ladi, shu sababli kasallik ko‘proq yilning sovuq va namgarchilik mavsumlarida kuzatiladi.

❗️Revmatizmga ko‘p holatlarda 7-15 yoshli bolalar chalinadi. Ba’zi holatlarda kasallik kuchli boshlanishi mumkin. Kasallik inson tanasida quyidagicha holatda paydo bo‘ladi. Anginadan tuzalib sog‘aygandan so‘ng 10-14 kun o‘tgach, harorat yana ko‘tariladi, og‘riq paydo bo‘ladi, tirsak, bilakkaft usti, tizza, bo‘g‘imlar va boshqa tana a’zolari qizarib, shishib chiqadi.

❗️Lekin 10-12 kundan so‘ng poliartritning barcha alomatlari yo‘qolib ketadi. Ammo bu vaqtinchalik holat,chunki bu yurakni zararlaydi, bu esa yurak parogini yuzaga keltiradi.

❗️Revmatizmning oldini olish mumkin. Buning uchun uy-joy sharoitlarini yaxshilash, bolalar muassasalarida yuqimli kasalliklar oldini olish, jismoniy mashg‘ulot bilan shug‘ullanish singari sog‘lomlashtirish tadbirlari kiradi.

✅Shuningdek, limon tarkibidagi A, V1, V2, S va R darmondorilar yallig‘langan organizmni tiklaydi.

❗️Revmatizmni uy sharoitida davolash mumkin. Bugun biz sizlarga ba’zi tavsiyalarni aytib o‘tamiz.

✅3 ta katta piyozni maydalab 1 litr suvda kaynating, so‘ngra ertalab va uyquga yotish oldidan 1 stakandan damlamani iching.

✅Maydalangan piyozni og‘riq bor joyga 20-30 daqiqadan kuniga 2-3 marotaba bajaring. Qizil kartoshkani qirg‘ichdan o‘tkazib og‘riyotgan qismiga qo‘ying va ustini toza mato bilan o‘rang, bu muolaja ham yaxshi ta’sir qiladi.

✅1 oy davomida kartoshka soki ichiladi. Meyor: bir kunda 1 stakan. Bu muolaja revmatizmni davolashda yaxshi samara beradi.

❗️Revmatizm inson jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi kasallikdir. U ayniqsa yurakning zo‘riqishiga olib keladi va ba’zi holatlarda yurak parogini keltirib chiqaradi.

❗️Ehtiyot bo‘ling, sog‘ligingizni asrang, axir siz oila-a’zolaringizga keraksiz!

Ulashing | Поделись этим: