Balli, Quvonchbek!

Yoshlarning har tomonlama barkamol inson bo‘lib voyaga yetishida, chiniqishida sportning o‘rni beqyosdir. Shuning
uchun yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilishga e’tibor kuchaytirilmoqda.

Quvonchbek Valiyev 13-maktabning 2-sinfida a’lo baholarga o‘qiydi. Darsdan bo‘sh vaqtlarida «Bek» karate klubiga qatnab, murabbiyi 2-Dan qora belbog‘ sohibi D. Ashurmatovdan karate sirlarini o‘rganmoqda. U ko‘plab tuman
musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Yosh sportchi Qo‘qon shahrida bolalar va o‘smirlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan karatening kuna va kumite musobaqalarida 30 kg. vaznda ishtirok etib, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va oltin medal sohibi bo‘ldi.

Ulashing | Поделись этим: