«Tik tok» chi yigitlardan biri endi yura olmasligi mumkin

Samarqandlik ikki yigit Tik tokda layk yigʻish uchun oʻzini tomdan tashladi, yigitlardan biri endi yura olmasligi mumkin.

Samarqandda tik-toker yigitlar layk yigʻish maqsadida oʻzini tomdan tashladi. Bu haqda “Bu kun” informatsion dasturi xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, yigitlardan biri endi yura olmasligi ham mumkin.

“Men doʻstim bilan Tik tok ijtimoiy tarmogʻida qiziqib profil ochdik. Obunachilarimizni koʻpaytirish maqsadida ikkalamiz tomga chiqdik va tomdan oʻzimizni tashladik. Doʻstim hozir shifoxonada, doktorlarning aytishicha u oyoqqa turmasligi ham mumkin ekan”, deydi tomdan oʻzini tashlagan yigitlardan biri.

Ulashing | Поделись этим: