Amerikadan chaqiruv. Toshkentlik maktab bitiruvchisi universitetga qabul qilindi

11-sinf o‘quvchisi A’zamjon A’lamov AQShning WIDENER universitetidan 132 ming AQSh dollar miqdorida taklif oldi.

Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabining 11-“A” sinf o‘quvchisi A’zamjon A’lamov AQShning nufuzli WIDENER universitetiga grant asosida o‘qishga qabul qilindi.

A’lamovga yo‘llangan rasmiy maktubda yiliga 30 000, 4 yilga jami 120 ming AQSh dollarga teng WIDENER universiteti Prezidenti stipendiyasi taqdim etilishi ma’lum qilingan. Shuningdek, unga yiliga 3000 dollar miqdorida global rivojlanish stipendiyasi topshirilishi ham bildirilgan.

Ulashing | Поделись этим: