Rekordlar yangilanish arafasida

Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) klublar miqyosida eng ko‘p gol urgan to‘purarlar jadvalini e’lon qildi.

Mazkur jadvalda turli chempionatlarda o‘z jamoasi uchun kamida 500 ta to‘p kiritgan hujumchilar nomi qayd etilgan.

Jadvalning birinchi pog‘onasi faoliyati davomida klublar miqyosida jami 689 ta gol urgan braziliyalik mashhur hujumchi Romarioga tegishli bo‘ldi. Boshqa bir braziliyalik charm to‘p ustasi, futbol qiroli Pele esa 684 ta gol urgan holda ikkinchi o‘rindan joy oldi. Ayni kunlarda faoliyatini davom ettirayotgan portugaliyalik Krishtianu Ronaldu umumiy reytingda 661 ta gol bilan kuchli uchlikni yakunladi.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerrakki, Ronaldu yana 29 ta gol ursa ushbu jadvalning karvonboshisiga alanadi.

“IFFHS” talqini bo‘yicha 10 ta to‘purar ro‘yxati:

1. Romario (Braziliya) – 689 gol

2. Pele (Braziliya) – 684

3. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya) – 661

4. Yozef Bitsan (Avstriya) – 656

5. Lionel Messi (Argentina) – 651

6. Ferens Pushkash (Vengriya) – 645

7. Jimmi Jons (Shimoliy Irlandiya) – 635

8. Jo Bembrik (Shimoliy Irlandiya) – 593

9. Eysebio (Portugaliya) – 581

10. Gerd Myuller (Germaniya) – 566.

Ulashing | Поделись этим: