Namanganlik yana uch nafar oʻquvchi xorijning nufuzli universitetlaridan grant yutib oldi

Chust tumanidagi 64-umumtaʼlim maktab oʻquvchisi Hamidullo Abdurahmonov IELTS dan 7,5 ballni qoʻlga kiritib, AQSHning Webster universitetidan 16000 dollar, Clarkson universitetidan 35000 dollar, Purude universitetidan 20000 dollar miqdorida grantlarni yutib oldi.

Tumandagi 19-DIMIning 11-sinf oʻquvchisi Joʻrabek Samiyev ham shunday muvaffaqiyatga erishgan oʻquvchilardan. Ayni paytda u AQSHning Missuri shtati, Sent-Luis shahridagi Webster universitetining iqtisodiyot yoʻnalishiga talabalikka qabul qilindi. Shu bilan birga universitetda oʻqish uchun yiliga 19000 dollar, 4 yil uchun 76000 dollar grant sohibiga aylandi.

74-umumtaʼlim maktabining 11-sinf oʻquvchisi Nodirbek Mahmudov esa Florida universitetida taʼlim olish uchun 40000 dollar miqdorida grantni qoʻlga kiritdi.

Ulashing | Поделись этим: