Imkoniyatlardan minnatdor yoshman

“Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda sizlarning gʻayrat-shijoatingizdan quvvat olaman, koʻnglim togʻday koʻtariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman”, ushbu soʻzlar Prezidentimiz tomonidan Oʻzbekiston yoshlari forumida aytilgan edi. Bu misralar hamon oʻsha kuni eshitganimdan buyon ongimda takrorlanadi va yangi marralar sari yetaklaydi.

Taʼlim-tarbiya sohasi har bir davrda dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan mavzulardan biri hisoblanadi. Dunyoning rivojlangan davlatlari tarixiga nazar soladigan boʻlsak, ular taʼlim tizimini toʻliq isloh qilgan holda va tizimning toʻgʻri ishlashini taʼminlagan holdagina rivojlanishga erishganini koʻramiz. Butun dunyo xalqlari tajribasidan maʼlumki, faqat ilm bilangina rivojlanish mumkin. Bugun taʼlim uchun ajratilgan mablagʻlar yaqin kelajakda oʻzini-oʻzi qoplaganini va bir necha barobar foyda keltirganini ekspertlar tasdiqlashadi.

“Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda sizlarning gʻayrat-shijoatingizdan quvvat olaman, koʻnglim togʻday koʻtariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni Oʻzbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman”, ushbu soʻzlar Prezidentimiz tomonidan Oʻzbekiston yoshlari forumida aytilgan edi. Bu misralar hamon oʻsha kuni eshitganimdan buyon ongimda takrorlanadi va yangi marralar sari yetaklaydi.

Soʻnggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan taʼlimga oid koʻplab qaror va farmonlar imzolanishi zamirida yoshlarga yana-da keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. 2021-yilning “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash” yili deb eʼlon qilinganligida ham yoshlarga, taʼlimga eʼtibor yana-da kuchganligini anglashimiz mumkin.

Taʼlim sohasida xorijiy davlatlar bilan taʼlimga oid koʻplab qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda, oʻzbek yoshlarining chet davlatlarning nufuzli universitetlarida taʼlim olishlari uchun ulkan sharoitlar yaratildi. Shunday imkoniyatlardan biri chet el oliygohlarining davlatimizda qad roslashidir. Shunday nufuzli institutlardan biri bu YEOJU technical institute in Tashkent insitutidir. 2018-yil Toshkent shahrida oʻz faoliyatini boshlagan bu oliygoh yoshlarga koʻpdan-koʻp imkoniyatlar yaratmoqda. Birgina bu institutning oʻzida minglab oʻquvchilar 18 ta taʼlim yoʻnalishida tahsil olishmoqda. Muassasada darslar oʻzbek, rus va ingliz tilida olib boriladi. Taʼlim jarayoniga Buyuk Britaniya, AQSH, Belgiya, Janubiy Koreya, Hindiston va boshqa bor qator xalqaro davlatlardan tashrif buyurgan professor oʻqituvchilar dars berishadi. Shuningdek talabalar almashinuv dasturi ham talabalarning bilimlarini yana-da kengaytirishga yordam beradi. Bunda oʻquvchilar 2+2 modeli boʻyicha almashinuv dasturida ishtirok etishadi va Hanyang universiteti,Chungbuk milliy universiteti, Honju universiteti va boshqa koʻplab nufuzli institutlarda oʻz oʻqishlarini davom ettirish imkoniyatiga egalar. Bu dasturda oʻquvchilardan talab IELTS hamda Topic imtihonlaridir. Bu loyiha yoshlarga katta imkoniyatlar taqdim etadi. Talabalar 2+2 dasturi orqali Koreyaga borganidan soʻng oʻz bilim darajasiga qarab ish oʻrinlari topishi va u yerning urf odatalari va yangi yaratilayotgan texnalogiyalarini oʻrganib Oʻzbekistonga qaytganida bilimlarini barchaga ulashishi mumkin. Bu maqsadni men ham oʻz oldimga qoʻyganman. Hozirda men shu oliygohning 1 bosqich talabasiman.

Oʻqishimizdagi samarali imkoniyatlardan biri bu “Modul 5” loyihasidir. Bu loyiha har oyda oʻtkazilib, unda nufuzli shou biznes vakillari professional sportchilar, soʻz ustalari, blogerlar va shu kabi oʻz kasbining mahoratli mutahassislari kelib bilimlari va tajribalari bilan oʻrtoqlashadi.

Yoshlarning loyihalarini moliyalashtirish uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida alohida jamgʻarma tashkil etilishi va unga 100 million dollar mablagʻ ajratilishi bu biz uchun orzularga erishishning katta qadami boʻldi. Men ham Koreya davlatiga 2+2 dasturi orqali oʻqishga borib kelib, soʻngra imkoniyatlardan foydalangan holda dasturlash boʻyicha oʻz oʻquv markazim faoliyatini yoʻlga qoʻymoqchiman.

Davlatimiz rahbari bizga shunday imkoniyatlar yaratib berayotganidan oqilona foydalangan holda Prezidentimiz ilgari surgan uchinchi renessans davrini ilm-maʼrifat bilan qurishiga intilamiz.

Sugʻdiyona IBROHIMOVA,

YEOJU texnika instituti talabasi

 

Ulashing | Поделись этим: