Barcha maktablar maxsus «Education» internet tarifiga o‘tkazilmoqda

Hozirda O‘zbekistondagi 10 ming 8 ta maktabdan 5 mingga yaqin umumta’lim maktabi «O‘zbektelekom» tomonidan maxsus ishlab chiqilgan «Education» tarif rejasiga ulandi. Keng polosali internet tarmog‘iga ulanishi imkoniyati bo‘lgan qolgan maktablarni ham ushbu tarifga o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.

Tarif bo‘yicha quvvati 500 o‘quvchi o‘rnidan kam bo‘lgan maktablar uchun internet tarmog‘iga ulanish tezligi 10 Mbit/s, 501 dan 1 000 gacha – 40 Mbit/s, 1 000 va undan yuqori o‘quvchi o‘rinli maktablar, informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablar – 100 Mbit/s tezlikda ulanishi ko‘zda tutilgan. «Tas-IX» tarmoqlariga ulanish tezligi barcha «Edusation» tariflarida 100 Mbit/s.ni tashkil etadi.

Ulashing | Поделись этим: