orazm xalq qoʻgʻirchoq teatri guruhi London va Nyu-Yorkdagi bolajonlar uchun onlayn spektakl namoyish qildi

Qoʻgʻirchoq oʻyinlari va tomoshalari har bir bolaga zavq bagʻishlaydi. Ular orqali bolajonlarda mehr-muhabbat, yaxshilik va yomonlik haqida tushunchalar paydo boʻladi. Aynan qoʻgʻirchoq oʻynatish sanʼati sharq xalqlari orasida eng keng tarqalgan va milliy urf-odatlarni, qadriyatlarni oʻzida aks ettiruvchi ijod turidir.

Xorazmlik qoʻgʻirchoq ustasi Mansur Kuryazov boshchiligidagi “Jayhun” Xorazm xalq qoʻgʻirchoq teatri guruhi tomonidan xorijlik vatandoshimiz koʻmagida London va Nyu-York kabi dunyoning mashhur shaharlaridagi bolajonlar uchun videokonferensiya rejimida ushbu tomosha sahnalashtirildi.

Tomosha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti, Xorazm viloyat madaniyat boshqarmasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida vatandoshimiz tomonidan boshlangan ushbu tashabbus kelajakda ART-turizmni rivojlantirishga oʻz hissasini qoʻshadi.

Ulashing | Поделись этим: