Ko’ngildagi armonlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyati faollari  bilan o’tayotgan yig’ilishda Erkin Vohidov va Abdulla Oripov haqidagi xotiralarini so’zlab berdi.

Erkin Vohidov bilan ko’p suhbatda bo’lganman. O’sha og’ir vaqtlari tunda bo’lsa ham Erkin akani borib ko’rib kelardim. U og’ir-vazmin, haqiqiy vatanparvar inson edi.

Erkin aka bilan qilgan suhbatlarimiz haqida hozir aytib bo’lmaydigan gaplar ham bor. Nasib qilsa, xalqimiz oyoqqa turib olsin, hammasini kitob qilib yozib qoldiraman.

Jizzaxda ishlagan vaqtimda Abdulla Oripov  bilan suhbat qilsam taskin topardim. Yarim kun yursak uchta she’r yozib berardi. Bu she’rlarning mazmuni o’nta kitobga tatirdi. O’sha she’rlar hozir ham menda saqlanmoqda. Vaqti kelganda e’lon qilinmagan suratlarni ham xalqimzga ko’rsatamiz.

Mening juda katta armonlarim bor. Bu shoirlarimiz hali yashasa bo’lardi. Agarular hozir adabiyotga berayotgan e’tiborni, adiblar xiyobonini ko’rganda edi, yangicha ilhm olgan bo’lardi, bunga men ishonaman.

Bu ikki adibimiz juda ko’p armonlarni qog’ozga tushirgan, ammo birovga ko’rsatmagan. O’zi o’qigan xolos, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ulashing | Поделись этим: