“Eng kitobxon maktab” loyihasi gʻolibiga avtomashina sovgʻa qilindi

Ushbu loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat-maʼrifat markazi, “Kitob markazi – Kitob dunyosi” tarmoq savdo markazlari tomonidan Navoiy viloyatida oʻtkazildi.

Loyihada 350 dan ortiq maktab ishtirok etdi. Taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 150 000 mingdan ziyod oʻquvchilar, shuningdek, ularning ota-onalari va oʻqituvchilar uchun kitob savdo yarmarkalari, kitobxonlik bayramlari oʻtkazildi.

Bilimga chanqoq oʻgʻil-qizlarimiz ushbu tadbirlarda 3 000 nomdagi 120 mingdan ortiq – bolalar adabiyoti, badiiy va fanlarga oid kitoblar, oʻzbek va jahon adabiyoti namunalariga ega boʻldilar.

Bugun tadbirning taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi:

“Faol kitobxon mahalla raisi” nominatsiyasi gʻolibi – Navoiy shahridagi “Yangiariq” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Mavlonov Abu Said,

“Eng kitobxon prokuratura xodimi” nominatsiya gʻolibi – Uchquduq tumani prokurori, Adliya katta maslahatchisi Rahmatov Rashid Nasrullayevich,

“Faol kitobxon Ichki ishlar xodimi” Konimex tumani IIB boshligʻi, podpolkovnik Qurbonov Bahromjon Ismatullayevich hamda Navoiy viloyati IIB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Xoʻjanov Zavqiddin Muroddinovichlar taqdirlandi.

Shuningdek, Zarafshon shahri va Navbahor tumani oʻqituvchi va oʻquvchilarining kitobxonlik madaniyati alohida eʼtirof etildi.

Bundan tashqari, Navoiy shahridagi 11-maktab “Eng kitobxon maktab” loyihasining Navoiy viloyati bosqichi mutlaq gʻolibi deb topildi. Oliy mukofot “SPARK” avtomashinasi kaliti maktab direktoriga topshirildi, deb xabar beradi Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati.

“Eng katta boylik- bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”

Ulashing | Поделись этим: